Filipe Luis «Monako» bosh murabbiyi etib tayinlandi
Murabbiy bilan ikki yillik bitim imzolandi.
ФОТО: Getty images
«Monako» klubi Filipe Luisning bosh murabbiy etib tayinlanganini rasmiy ravishda e'lon qildi.
40 yoshli braziliyalik mutaxassis Liga 1 klubi bilan ikki yillik — 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Luis bu lavozimda mavsum yakunida klubdan bo‘shatilgan Sebastyan Poconolini almashtirdi.
Ma'lumot uchun, shu yilning mart oyiga qadar Filipe Luis «Flamengo» klubini boshqarib kelayotgan edi va u yerda Braziliya chempionati, Kubogi va Superkubogi, shuningdek, Libertadores Kubogida g‘alabani qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist