locale OZ

Filipe Luis — «Chelsi» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod

«Aristokratlar» braziliyalik mutaxassisni shu yozdayoq jamoaga tayinlamoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Filipe Luis — «Chelsi» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod
FOTO: Getty Images

«Chelsi» klubining sobiq himoyachisi Filipe Luis jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma’lumotiga ko‘ra, London klubi braziliyalik mutaxassisni shu yozdayoq tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Chelsi» rahbariyati Luisni tarkibni tubdan qayta qurish va «Stemford Bridj»da yangi o‘yin uslubini shakllantirishda asosiy figura sifatida ko‘rmoqda.

Filipe Luis murabbiy sifatidagi tezkor o‘sishi va klub ichki falsafasini chuqur tushunishi (sababi u ilgari «ko‘klar» safida to‘p surgan) tufayli yuqori baholangan. Luis 2014/2015 yilgi mavsumda «Chelsi» sharafini himoya qilgan. London klubi tarkibida braziliyalik futbolchi 26 ta o‘yinda maydonga tushib, jamoaning Premyer-liga va Liga kubogida g‘alaba qozonishiga yordam bergan.

Hozirda Luis bilan muzokaralar faol davom etmoqda va u asosiy da’vogarlar ro‘yxatidan joy olgan. Braziliyalik mutaxassis joriy yilning mart oyida «Flamengo» klubidan iste’foga chiqarilgan edi va o‘shandan beri ishsiz bo‘lib turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting