locale OZ

Filipe Luis «Bayer» bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi

Braziliyalik mutaxassisning soʻnggi ish joyi «Flamengo» edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Filipe Luis «Bayer» bosh murabbiyiga aylanishga yaqin turibdi
FOTO: Getty Images

Braziliyalik mutaxassis Filipe Luis Leverkuzenning «Bayer» klubi bosh murabbiyliga aylanishga juda yaqin. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar bermoqda.

Manbaning maʼlumotlariga koʻra, Bundesliga vakili yangi bosh murabbiy qidirmoqda va 40 yoshli mutaxassis ushbu lavozimga asosiy nomzod sifatida koʻrib chiqilmoqda. Klub rahbariyatida yana bir nechta muqobil nomzodlar bor boʻlsa-da, aynan Filipe Luis jamoaning bosh maqsadidir.

Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar allaqachon boshlangan. Yakuniy kelishuvga erishilishi bilan «Bayer» amaldagi bosh murabbiy Kasper Yulmanning isteʼfoga chiqarilganini rasman eʼlon qiladi.

Filipe Luisning soʻnggi ish joyi Braziliyaning «Flamengo» klubi boʻlib, u yerda 2024 yildan 2026 yilgacha faoliyat yuritdi va jamoa bilan birgalikda Libertadores kubogi gʻolibligini qoʻlga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting