locale OZ

FIGC prezidenti Gattuzoning kelajagiga oydinlik kiritdi

Italiya ketma-ket uchinchi marta Jahon chempionatining oʻtkazib yuboradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIGC prezidenti Gattuzoning kelajagiga oydinlik kiritdi
FOTO: Getty Images

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) prezidenti Gabriele Gravina Italiya milliy jamoasining JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan hal qiluvchi bahsda Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berganidan so‘ng (1:1, penaltilar seriyasida 1:4), amaldagi bosh murabbiy Jennaro Gattuzoning kelajagi haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Men Jennaro Gattuzodan o‘z lavozimini tark etmaslikni va jamoa bilan ishlashda davom etishni so‘radim», — dedi Gravina.

Ta’kidlash joizki, «Skuadra Adzurra» o‘z tarixida ilk bor ketma-ket uchta Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi dunyo birinchiligida ishtirok etishgan edi. Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi to‘rt karra Jahon chempioni hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting