FIFAning tinchlik mukofoti bekor qilinishi mumkin
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tomonidan ta’sis etilgan tinchlik mukofotining kelajagi so‘roq ostida qoldi. Tashkilot kengashining bir qator a’zolari FIFA prezidenti Janni Infantinodan mazkur mukofotni bekor qilish yoki uni siyosatdan ajratishni talab qilgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 15-oktabr kuni o‘tkazilgan FIFA kengashi yig‘ilishida ushbu masala muhokama qilingan. Ayrim a’zolar mukofotni butunlay tugatish tarafdori bo‘lgan, boshqalari esa uni faqat futbol orqali ijtimoiy totuvlikka hissa qo‘shgan shaxslarga berishni taklif qilgan.
Bahslarga 2025-yilda ushbu mukofotning AQSH prezidenti Donald Trampga topshirilgani sabab bo‘lgan. Mukofot sohibini tanlash tartibi oshkor etilmagani tashkilot ichida savollar uyg‘otgan. Endilikda FIFAning ijtimoiy mas’uliyat qo‘mitasi mukofot mezonlari va uni berish tartibini qayta ko‘rib chiqadi.
Ma’lumot uchun, FIFA tinchlik mukofoti 2025-yil noyabr oyida ta’sis etilgan. Qo‘mita o‘z tavsiyalarini 16-dekabr kuni Dohada o‘tkaziladigan navbatdagi kengash yig‘ilishidan oldin taqdim etishi kutilmoqda. Hozircha mukofotni bekor qilish bo‘yicha yakuniy qaror yo‘q.