locale OZ

FIFA yangi reytingni e'lon qildi: O‘zbekiston o‘z o‘rnini saqlab qoldi

Shuningdek, O‘zbekiston MTJ Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA yangi reytingni e'lon qildi: O‘zbekiston o‘z o‘rnini saqlab qoldi
Фото: ЎФА

Bugun, 11-iyun kuni FIFA Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlaridan so‘ng, milliy jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 50-pog‘onadan joy oldi.

Shuningdek, O‘zbekiston MTJ Osiyo jamoalari orasida 5-o‘rinni band etdi. Undan yuqorida esa Yaponiya (18), Eron (20), Janubiy Koreya (25), Avstraliya (27) terma jamoalari joy olgan.

Hozirgi FIFA reytingida amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinni Yevropa chempioni Ispaniya egallagan bo‘lsa, Didier Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting