FIFA tarixda ilk bor Jahon chempionati finali oldidan o'tkaziladigan matbuot anjumaniga pullik chiptalar sotadi
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati finali oldidan o'tkaziladigan rasmiy matbuot anjumaniga ilk bor muxlislarni ham pullik asosda kiritishga qaror qildi.
ESPN xabariga ko‘ra, tadbir Fanatics Fest doirasida Nyu-Yorkdagi Javits Centerda bo‘lib o‘tadi. Muxlislar matbuot anjumanida ishtirok etish uchun 80 AQSH dollaridan boshlanuvchi chipta xarid qilishi mumkin.
Matbuot anjumanida Jahon chempionati finalchilari, bosh murabbiylar hamda FIFA prezidenti Janni Infantino ishtirok etadi. Bundan tashqari, tadbir davomida muxlislar ayrim futbol yulduzlari bilan suratga tushish yoki dastxat olish uchun qo‘shimcha haq to‘lashlari ham mumkin.
Ma'lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati finali 19-iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi "MetLife Stadium" arenasida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.