FIFA Series: O‘zbekiston terma jamoasi Gabonni mag‘lub etib, turnirni g‘alaba bilan boshladi
Toshkentda FIFA Series 2026 xalqaro futbol turniri boshlandi. O‘zbekiston milliy jamoasi 1-turda Afrika qit’asi vakili Gabon bilan o‘ynadi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
6-daqiqadaoq mehmonlar Averlant goli evaziga hisobni ochdi. Biroq, Fabio Kannavaro shogirdlari o‘yinda burilish yasab, Eldor Shomurodov (14-daqiqa), Jahongir O‘rozov (59) va Alisher Odilov (90+4) gollari evaziga iroda ko‘rsatib g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston - Gabon 3:1
Gollar: Teddiy Averlant 6 (0:1), Eldor Shomurodov 13 (1:1), Jahongir O‘rozov 59 (2:1), Alisher Odilov 90+4 (3:1)
O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov (Behruz Karimov, 76), Rustam Ashurmatov, Otabek Shukurov (Umarali Rahmonaliev, 90+2), Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 76), Aziz G‘aniyev (Doston Hamdamov, 76), Oston O‘runov (Alisher Odilov, 76), Sherzod Nasrullaev (Farruh Sayfiev, 90+2), Eldor Shomurodov (Igor Sergeev, 88), Umar Eshmurodov, Jahongir O‘rozov.