FIFA Senegal terma jamoasidan formadagi yulduzni olib tashlashni talab qildi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Senegal terma jamoasidan JCh-2026 uchun moʻljallangan sport formasidan yulduzcha tasvirini olib tashlashni talab qildi. Bu haqda jurnalist Mayki Junior maʼlum qildi.
Gap shundagi, amaldagi qoidalarga koʻra, logotip ustidagi yulduzlar boshqa turnirlardagi emas, balki faqat Jahon chempionatlaridagi gʻalabalarni anglatishi lozim. Senegal terma jamoasi libosidagi yulduzcha esa jamoa 2021-yilda Afrika Millatlar kubogida gʻolib chiqqanidan keyin paydo boʻlgan edi.
Xuddi shunday holat Misr terma jamoasi bilan ham sodir boʻlgan — FIFA ushbu jamoadan ham oʻyin formasidagi yulduzlarni olib tashlashni soʻragan.
Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtmoqda. Guruh bosqichida Senegal terma jamoasi Fransiya, Norvegiya va Iroq jamoalariga qarshi maydonga tushadi.