locale OZ

FIFA rasmiy sayti: \"Asilbek Aliyev O‘zbekistonning chempionlik yo‘lida eng asosiy futbolchilardan biri bo'ldi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA rasmiy sayti: "Asilbek Aliyev O‘zbekistonning chempionlik yo‘lida eng asosiy futbolchilardan biri bo'ldi"
Photo: gettyimages

FIFA rasmiy saytida 2025-yilgi U-17 Osiyo kubogida jamoasi safida yorqin o‘yin namoyish etgan yosh futbolchilar qatorida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi va turnirning eng yaxshi to‘purari Asilbek Aliyev ham e’tirof etildi.

“2025-yilgi Osiyo kubogi nafaqat mintaqaviy musobaqa, balki Osiyo futbolining kelajakdagi yulduzlarini kashf qilish uchun ajoyib maydon bo‘lib xizmat qildi.

Yosh futbolchilar musobaqada o‘z jamoalarining muvaffaqiyatli natijaga erishishi va FIFA U-17 Jahon chempionatiga yo‘llanma olishi yo‘lida o‘zlarini barcha jihatdan namoyon eta oldilar.

Asilbek Aliyev (O‘zbekiston): "Ushbu yosh iqtidor O‘zbekistonning chempionlik yo‘lida eng asosiy futbolchilardan biri bo‘lib, hujum chizig‘ini ishonch va sovuqqonlik bilan boshqardi. Musobaqaning dastlabki to‘rt uchrashuvida u beshta gol urdi hamda ajoyib hujumchilik mahorati bilan ajralib turdi. Aliyev yakunda musobaqa to‘purari, shuningdek, Markaziy Osiyo futbolining eng yorqin kelajak yulduzi sifatida katta e’tirofga sazovor bo‘ldi”,- deyiladi xabarda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting