locale OZ

FIFA rasmiy sahifasi O‘zbekiston U-17 terma jamoasini e’tirof etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA rasmiy sahifasi O‘zbekiston U-17 terma jamoasini e’tirof etdi
PHOTO: Telegram

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida oʻtgan o‘smirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogida tarixiy natija qayd etib, g‘oliblikni qoʻlga kiritdi. FIFA rasmiy sayti jamoamizning ushbu muvaffaqiyati haqida maqola e'lon qildi

O‘zbekiston 9 nafar futbolchi bilan Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, Osiyo kubogida zafar quchdi. Qiziq jihati shundaki, Jamoa tarkibidagi hujumchi Nurbek Sarsenbayev va himoyachi Miraziz Abdukarimov birinchi bo‘lim oxirida maydondan chetlatilganiga qaramay, ikkala gol ham aynan shundan so‘ng kiritildi.

Turnir davomida a’lo darajada o‘ynagan Islombek Ismoilov boshchiligidagi jamoa Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida hujumkor o‘yin ko‘rsatishda davom etdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida himoyachi Muhammad Hakimov penalti orqali hisobni ochdi, 70-daqiqada esa qanot hujumchisi Sadriddin Hasanov chiroyli harakatlari evaziga g‘alabani mustahkamladi. Hasanov bu turnirda ko‘rsatgan yuqori saviyali o‘yini uchun musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi.

O‘zbekiston so‘nggi sakkizta qit’a turnirining yettitasida kamida chorak finalgacha yetib borgan va 2023-yilda Indoneziyada o‘tgan so‘nggi jahon chempionatida ham shu bosqichgacha yetib kelib, yaxshi taassurot qoldirgandi, — deyiladi FIFA xabarida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting