locale OZ

FIFA rasmiy sahifasi O‘zbekiston milliy terma jamoasini e’tirof etdi

Natijalar ko‘ngildagidek bo‘lmasa-da, “Oq bo‘rilar” uchun ijobiy jihatlar ham topildi.
 FIFA rasmiy sahifasi O‘zbekiston milliy terma jamoasini e’tirof etdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida musobaqa doirasidagi debyut o‘yinlarini o‘tkazdi. FIFA rasmiy sayti Osiyo jamoalari qatorida milliy jamoamizning mundialdagi tarixiy ishtiroki haqida to’xtalib o’tdi.

Jahon chempionati debyutantlaridan biri O‘zbekiston terma jamoasi ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan so‘ng guruh bosqichidayoq musobaqani tark etdi. Natijalar ko‘ngildagidek bo‘lmasa-da, “Oq bo‘rilar” uchun ijobiy jihatlar ham topildi. Masalan, Abbosbek Fayzullayev Kolumbiyaga qarshi o‘yinda jamoaning Jahon chempionatidagi ilk golini kiritib, o‘z nomini O‘zbekiston futboli tarixiga yozib qo‘ydi. Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga yo‘llagan ajoyib zarbasi esa “Hyundai” tomonidan taqdim etiladigan “Turnirning guruh bosqichidagi eng yaxshi goli” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Fabio Kannavaro shogirdlari musobaqa davomida o‘zlarining texnikaga asoslangan, mehnatkash uslubiga sodiq qolishdi. Garchi bu holat o‘yinlar o‘tgani sari ularning biroz toliqib qolishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, 18 yoshli Behruz Karimov singari futbolchilar endi jahon darajasida raqobat qilish uchun nimalar zarurligini bilib olishdi va to‘rt yildan so‘ng bu ilk qadamlarni yanada mustahkamlashga astoydil harakat qilishadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting