locale OZ

FIFA Qit'alararo kubogining 2025 yilgi final bosqichi mezbon davlati tasdiqlandi

Final bahsi 17 dekabr sanasiga belgilangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA Qit'alararo kubogining 2025 yilgi final bosqichi mezbon davlati tasdiqlandi
ФОТО: Getty images

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA)ning rasmiy saytiga ko‘ra, final bosqich Qatarda o‘tkaziladi.

Turnirning so‘nggi uchta uchrashuvi Qatarda bo‘lib o‘tadi:

— 10 dekabr kuni Meksikaning “Krus Asul” klubi joriy mavsum Libertadores Kubogi g‘olibi bilan maydonga chiqadi.

— Ushbu o‘yin g‘olibi 13 dekabr kuni FIFA Challenger Cup doirasida Misrning "Pyramids" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

— Finalda esa 17 dekabr kuni Fransiyaning “PSJ” klubi ushbu juftlik g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Turnir final bosqichining dastlabki ikki o‘yini “Ahmed bin Ali” stadionida o‘tkaziladi. Qolgan final uchrashuvi qaysi stadionda bo‘lishi esa keyinroq e’lon qilinadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting