locale OZ

FIFA prezidentining maslahatchisi iste'foga chiqdi

U Jahon chempionati tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasiga norozilik bildirib, lavozimini tark etdi.
FIFA prezidentining maslahatchisi iste'foga chiqdi
Foto: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantinoning katta maslahatchisi Karlos Kordeyro Jahon chempionati tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasiga norozilik bildirib, lavozimini tark etdi. Uning iste'fosi darhol kuchga kirgani ma'lum qilindi.

Kordeyro ushbu tashabbusni “futbol uchun yomon kelishuv” deb baholadi. Uning fikricha, FIFA 2022–2026-yillar oralig‘ida qariyb 15 milliard dollar daromad olishi kutilayotgan bir paytda Jahon chempionati kabi eng qimmat aktivining bir qismini sotishga hech qanday zarurat yo‘q.

Sobiq AQSH Futbol federatsiyasi prezidenti bo‘lgan Kordeyro 2021-yildan buyon FIFA prezidentining katta maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. U mazkur loyiha ishlab chiqilishida ishtirok etmaganini hamda unga mutlaqo qarshi ekanini ta'kidladi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA Jahon chempionati va boshqa yirik musobaqalarning tijoriy huquqlarini boshqaruvchi alohida kompaniya tashkil etish hamda uning 20 foizgacha ulushini xususiy investorlarga sotishni rejalashtirmoqda. Ushbu tashabbus UEFA va qator milliy futbol federatsiyalarining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting