locale OZ

FIFA prezidenti Kannavaroni tabrikladi

O‘FA taniqli mutaxassis Fabio Kannavaro bilan 2+3 ko‘rinishida shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA prezidenti Kannavaroni tabrikladi
Фото: ЎФА

FIFA Prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroni samimiy tabrikladi.

Infantino o‘z murojaatida shunday yozdi:

“2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga xush kelibsiz, qadrli Fabio Kannavaro! 2006-yilda Italiya terma jamoasi sardori sifatida Jahon chempioni bo‘lgan edingiz. Oradan yigirma yil o‘tib, endi bu nufuzli turnirda yangi maqomda — O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishtirok etasiz”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati g‘olibi, yaqinda eng yaxshi himoyachilardan biri bo‘lgan, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan 2+3 ko‘rinishida shartnoma imzolandi.

Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlab boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting