FIFA prezidenti JCh-2026 favoriti qaysi jamoa ekanini maʼlum qildi
FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi Jahon chempionatining asosiy favoritlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U Ispaniya terma jamoasini turnirning bosh sovrini uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida qayd etdi.
«Ispaniya, shubhasiz, favoritlardan biri hisoblanadi. Biz ularning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz. FIFA reytingida birinchi o‘rinda borayotgan jamoa Jahon chempionatining yaqqol favoriti bo‘lishi tabiiy holat», — deya Infantinoning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.
Eslatib oʻtamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Qur’a tashlash marosimiga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi «H» guruhidan joy oldi. Ular guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.