FIFA prezidenti Janni Infantino JCh-2026 ishtirokchisi Jeyden Adamsning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
FIFA prezidenti Janni Infantino Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) terma jamoasi va "Mamelodi Sandauns" klubi yarim himoyachisi Jyeyden Adamsning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi. 11-iyul kuni 25 yoshli futbolchining hayotdan ko‘z yumgani ma’lum bo‘ldi. O‘lim sabablari hozircha ochiqlanmagan.
— "JAR terma jamoasi yarim himoyachisi Jyeyden Adams o‘z mamlakatining Jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokidan atigi bir necha hafta o‘tib vafot etgani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi.
Chuqur hamdardlik bildiraman. FIFA va butun futbol hamjamiyati ushbu og‘ir damlarda uning oilasi, do‘stlari va jamoadoshlari bilan birgadir. JAR terma jamoasi va 'Mamelodi Sandauns' klubi yulduzining o‘rni sezilarli darajada bilinadi. U tinchlikda orom olsin", — deb yozdi Infantino o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan buyon AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning final uchrashuvi 19-iyul kuni Amerikaning Ist-Raterford shahrida o‘tkaziladi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.