locale OZ

FIFA prezidenti: Butun futbol olami Rossiyaning qaytishini xohlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA prezidenti: Butun futbol olami Rossiyaning qaytishini xohlamoqda
FIFA prezidenti: Butun futbol olami Rossiyaning qaytishini xohlamoqda

FIFA prezidenti Janni Infantino Rossiya milliy terma jamoasining xalqaro futbol sahnasiga tezroq qaytishidan umidvor ekanini bildirdi. Bu bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvidan so‘ng yangradi.

Uchrashuv vaqtida Tramp Rossiya terma jamoasining vaqtincha chetlatilgani haqida xabardor emasligini ma’lum qilib, vaziyatni tushuntirishni so‘radi va mojaro tinch yo‘l bilan hal etilishida yordam berish mexanizmlarini taklif qildi.

«Butun futbol olami Rossiyaning qaytishini xohlamoqda. Bu rossiyalik futbolchilar uchun xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkonini yaratadi. Men har bir mamlakat FIFA a’zosi bo‘lishini va musobaqalarda qatnashishini orzu qilaman», — dedi Infantino “KFOX14” YouTube kanalida e’lon qilingan videoda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting