FIFA penalti qoidalariga o‘zgartirish kiritmoqchi
Bu haqda Bild xabar berdi.
ФОТО: Getty images
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) penalti ijro etish qoidasi o‘zgartirilishini rejalashtirgan. Bu haqda Bild xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, darvozabon qaytarganidan so‘ng futbolchilarga to‘pga tegishni taqiqlashni istamoqda.
Yangi qoidaga ko‘ra, agar darvozabon 11 metrlik jarima zarbasini qaytarsa, undan keyin erkin zarba belgilanadi. Biroq to‘p ustunga yoki darvoza tepasiga tegib qaytsa, bunday vaziyat qanday izohlanishi hozircha noma’lum qolmoqda.
Yangi qoida kelasi mavsumdan kuchga kirishi mumkin. Shu sababli, u 2026 yilgi jahon chempionatida qo‘llanilmaydi.
Ma’lumot uchun, ushbu tashkilot klublar va assotsiatsiyalar bilan maslahatlashgandan so‘ng bu qoidani joriy qilishni avval rad etgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist