locale OZ

FIFA Olisega ko‘rsatilgan sariq kartochkani bekor qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi

Maykl jahon chempionati 1/8 finalida Paragvayga qarshi (1:0) uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida ogohlantirilgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA Olisega ko‘rsatilgan sariq kartochkani bekor qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi
photo: gettyimages

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Fransiya futbol federatsiyasining yarimhimoyachi Maykl Olisega ko‘rsatilgan sariq kartochkani bekor qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi. Bu haqda L'Équipe xabar berdi.

Olise jahon chempionati 1/8 finalida Paragvayga qarshi (1:0) uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida ogohlantirilgan edi. Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham bu qarorni tasdiqladi.

«Bugun ertalab FIFA qarorini oldik: kartochka o‘z kuchida qoladi», — dedi Desham.

Agar futbolchi Marokashga qarshi chorakfinal bahsida yana sariq kartochka olsa, Fransiya yarimfinalga yo‘llanma olgan taqdirda, u «uchranglilar»ga yordam bera olmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) yaqinda AQSH hujumchisi Folarin Balogun bo‘yicha qabul qilingan qarordan so‘ng apellyatsiya bilan chiqqan edi.

Avvalroq FIFA amerikalik forvardga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qilgandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting