locale OZ

FIFA murabbiylarga madhiya paytida maydon bo‘ylab harakatlanishga ruxsat berdi

Mazkur qaror qabul qilinishiga Tomas Tuxelning bayonoti sabab boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA murabbiylarga madhiya paytida maydon bo‘ylab harakatlanishga ruxsat berdi
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalar murabbiylar shtabiga milliy madhiyalar ijro etilayotgan vaqtda maydonning yon chizig‘i bo‘ylab harakatlanishga ruxsat berdi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.

Kiritilgan yangi qoidaga ko‘ra, endilikda murabbiylar shtabi vakillari fotomuxbirlar tomonidan futbolchilar ko‘rinishi to‘sib qo‘yilmasligi uchun ularning chap yoki o‘ng tomonida turish huquqiga ega bo‘ladilar. Bu chora murabbiylarning o‘z futbolchilarini to‘liq ko‘rib turishlarini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Mazkur qaror qabul qilinishiga Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning JCh-2026 guruh bosqichi doirasidagi Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan (4:2) keyingi bayonoti sabab bo‘ldi. Germaniyalik mutaxassis o‘yinoldi marosimida madhiya yangrayotgan mahalda «50 nafar fotomuxbirdan iborat devor» tufayli o‘z shogirdlarini ko‘ra olmaganini va bu holat tarixiy lahzaga biroz soya solganini ta’kidlagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting