FIFA menejeri Kristian Shmeylezer FarDU sport majmuasiga tashrif buyurdi
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad "FarDU" sport majmuasi maydoni infratuzilmasining xalqaro talablarga muvofiqligi, shuningdek O‘zbekiston Pro-ligasi yangi mavsumiga tayyorgarlik ishlari atroflicha o‘rganildi. Martabali mehmonni Farg‘ona davlat universiteti rahbariyati tomonidan kutib olinib, esdalik uchun “FarDU” futbol klubining maxsus ramziy futbolkasi taqdim qilindi.
FIFA menjerining ushbu tashrifi “FarDU” sport majmuasining xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash, infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar olish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va Respublika va xalqaro darajada universitet imijini oshirish uchun zamin yaratadi.
Tashrif yakunida FIFA menejeri Kristian Shmeylezer tomonidan "FarDU" sport majmuasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuqori baholandi.