locale OZ

FIFA Lionel Messining rekordiga munosabat bildirdi

Avvalroq argentinalik yulduz Jahon chempionatidagi 17-golini urgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA Lionel Messining rekordiga munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining rekord goli haqida munosabat bildirdi. Ushbu goldan soʻng futbolchi turnir tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi.

Messi 2026-yilgi Jahon birinchiligi «J» guruhi 2-turi doirasidagi Argentina va Avstriya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvning 39-daqiqasida gol urishga muvaffaq boʻldi.

«Tarix yaratildi. Lionel Messi — futbol boʻyicha Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi toʻpurar!» — deyiladi tashkilot matbuot xizmatining X ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida qoldirilgan xabarda.

Lionel Messi Jahon chempionatlaridagi oʻzining 17-golini kiritdi (shulardan toʻrttasini 2026-yilgi jahon birinchiligida urdi) va bu koʻrsatkich boʻyicha Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Klozeni (16 ta gol) ortda qoldirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting