locale OZ

FIFA Kongo DRga JChda ishtirok etishga ruxsat berdi

Joriy yilning 23-may kuni federatsiya rahbariyati FIFA vakillari bilan videokonferensiya shaklida favqulodda yig'ilish o'tkazgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA Kongo DRga JChda ishtirok etishga ruxsat berdi
ФОТО: Getty images

Kongo DR AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Kongo DR futbol federatsiyasi xabar berishicha, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi Ebola epidemiyasi munosabati bilan belgilangan sog'liqni saqlash choralariga to'liq rioya qilayotganini ta'kidladi.

Natijada ular Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQShga xavfsiz kirishi mumkinligi haqida xulosa qilindi.

Joriy yilning 23-may kuni federatsiya rahbariyati FIFA vakillari bilan videokonferensiya shaklida favqulodda yig'ilish o'tkazgan. Kongo tomoni futbolchilar va xodimlarni Ebola virusidan himoya qilish uchun ko'rilgan choralar haqida batafsil ma'lumot berib, AQSh hukumati tomonidan belgilangan barcha sanitariya talablariga amal qilinganini tasdiqladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting