FIFA JCH uchun mukofot pullarini e'lon qildi: O‘zbekiston qancha ishlab olishi mumkin?
7 dekabr kuni FIFA Jahon Chempionati doirasida rekord darajadagi 727 million dollar miqdoridagi moliyaviy mablag‘ taqsimlanishini ma’qulladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati uchun mukofot pullarini avvalgi turnirga nisbatan qariyb 50 foizga oshirmoqda. Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan turnir uchun ajratilgan mablag‘ning eng katta qismi 655 million dollar 48 ta ishtirokchi terma jamoaga ularning natijalariga qarab to‘lanadi. Jahon chempioni 50 million dollar, finalchi esa 33 million dollar mukofot puli oladi.
Guruh bosqichidan chiqa olmagan 16 ta terma jamoa 9 million dollardan mukofot oladi. Bundan tashqari, turnirga yo‘l olgan har bir davlat terma jamoasi tayyorgarlik xarajatlarini qoplash uchun qo‘shimcha 1,5 million dollar bilan ta’minlanadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi eng kamida 10,5 million dollarni qo‘lga kiritadi. Agar O‘zbekiston guruh bosqichidan chiqadigan bo‘lsa, bu pullar ko‘payadi.