locale OZ

FIFA JCh-2026'da ogʻzini yopib gapirgan futbolchilarga qizil kartochka koʻrsatishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, yana boshqa yangicha tartib joriy etilishi mumkinligi aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA JCh-2026'da ogʻzini yopib gapirgan futbolchilarga qizil kartochka koʻrsatishni rejalashtirmoqda
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026 yilgi Jahon chempionatida yangicha tartib joriy etishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, raqib bilan mojaroli vaziyatlarda og‘zini yopib gapirgan futbolchilarga qizil kartochka ko‘rsatiladi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, shuningdek, hakam qarorlariga norozilik sifatida maydonni tark etgan futbolchilar ham chetlatilishi ko‘zda tutilgan.

FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu o‘zgarishlar haqida tashkilotning 30 aprel, payshanba kuni Vankuverda bo‘lib o‘tadigan kongressida rasman ma’lum qilishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, mazkur yangiliklar faqatgina bo‘lajak jahon birinchiligida qo‘llaniladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting