locale OZ

FIFA JCh-2026 oʻyinlari uchun qancha chipta sotilganini maʼlum qildi

Bu galgi mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA JCh-2026 oʻyinlari uchun qancha chipta sotilganini maʼlum qildi
FOTO: Getty Images

2026 yilgi Jahon chempionati oʻyinlariga bir milliondan ortiq chipta sotildi. Musobaqani 212 ta mamlakat va hududdan kelgan muxlislar tomosha qilishi kutilmoqda. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar berildi.

Bu galgi mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtishidan xabaringiz bor. Turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi. Ular 12 ta guruhga, har birida 4 tadan jamoa boʻlgan holda taqsimlanadi.

Guruh bosqichida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar, shuningdek, eng yaxshi sakkizta uchinchi oʻrin egalari pley-off bosqichiga yoʻl oladi. 2026 yilgi mundialda yangi bosqich — 1/16 final ham joriy etiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting