locale OZ

FIFA JCh-2026 oldidan Youtube bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Mazkur kelishuv translyatsiya huquqiga ega boʻlgan teleradiokompaniyalarga oʻyinlarni video platformada jonli efirda namoyish etish imkonini beradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA JCh-2026 oldidan Youtube bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va YouTube video platformasi 2026 yilgi jahon chempionati arafasida o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kelishuv translyatsiya huquqiga ega bo‘lgan teleradiokompaniyalarga o‘yinlarni video platformada jonli efirda namoyish etish imkonini beradi. Bu orqali musobaqa tashkilotchilari global miqyosda yosh auditoriyani jalb qilishni ko‘zda tutgan.

Hamkorlikning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, translyatsiya huquqi egalari jahon chempionati o‘yinlarining dastlabki 10 daqiqasini YouTube orqali bepul ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi. Bu usul yosh muxlislarni uchrashuvning qolgan qismini an’anaviy telekanallar orqali tomosha qilishga undashga xizmat qiladi.

Shuningdek, teleradiokompaniyalar o‘zlarining YouTube kanallarida tanlangan uchrashuvlarni to‘liq hajmda translyatsiya qilish huquqiga ham ega bo‘ladilar. Bu orqali musobaqaning qolgan qismini qayerda tomosha qilish mumkinligi haqida reklama berish va auditoriyani kengaytirish rejalashtirilgan. Hozircha bitimning moliyaviy tafsilotlari ochiqlanmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting