locale OZ

FIFA JCh-2026 afishasini Ronaldu sabab o‘zgartirdi

Bu galgi mundial AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA JCh-2026 afishasini Ronaldu sabab o‘zgartirdi
FOTO: Getty Images

FIFA matbuot xizmati 2026 yilgi Jahon chempionatiga bag‘ishlangan yangi posterni taqdim etdi va unda Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu ham aks ettirildi.

Avvalroq FIFA Portugaliya terma jamoasini Brunu Fernandesh orqali tasvirlagan posterni e’lon qilgandi. Unda Ronaldu bo‘lmagani muxlislar noroziligiga sabab bo‘ldi — ular FIFAni keskin tanqid qila boshlagan. Shundan so‘ng tashkilot mazkur posterni o‘chirib tashladi.

Eslatib oʻtamiz, 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika hududida yoz faslida o‘tkaziladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting