FIFA jahon chempionlariga brilliantli oltin uzuklar topshiradi
2026 yilgi Jahon chempionati g‘oliblariga Superbouldagi an’anaga o‘xshash maxsus chempionlik uzuklari topshiriladi.
Jami 2026 dona uzuk tayyorlangan. Shundan 30 tasi chempion jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabiga beriladi. Qolgan 1996 dona uzuk esa FIFAning rasmiy litsenziyalangan mahsuloti sifatida muxlislar uchun sotuvga chiqariladi.
Uzuklar oltindan tayyorlanib, brilliant va safirlar bilan bezatilgan. Har birida Jahon chempionati kubogi tasviri aks ettiriladi, dizayn esa g‘olib mamlakatga mos ravishda alohida ishlab chiqiladi.
Final hushtagi yangragach, jamoa sardori va bosh murabbiy uzuklarning vaqtinchalik nusxalarini darhol qabul qilib oladi. Qolgan uzuklar esa keyinchalik har bir futbolchining o‘lchamiga moslab tayyorlanib, topshiriladi.