locale OZ

FIFA jahon chempionatida futbolchilar ishtiroki uchun ularning klublariga jami 355 mln dollar to'laydi

2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada 11 iyundan 19 iyulgacha o'tkaziladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA jahon chempionatida futbolchilar ishtiroki uchun ularning klublariga jami 355 mln dollar to'laydi
ФОТО: Getty images

FIFA 2026 yilgi jahon chempionati saralashi va final bosqichi uchrashuvlarida futbolchilar ishtirok etgani uchun klublarga jami 355 million dollar to'laydi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Ilk bor jahon chempionatining faqat final bosqichiga emas, balki saralash o'yinlariga ham futbolchilarini yuboradigan klublar ham tovon puli oladi. Qatarda o'tgan 2022 yilgi jahon chempionati yakunlariga ko'ra, 209 million dollar FIFAning 6 konfederatsiyasidagi 51 assotsiatsiyaga qarashli 440 klub o'rtasida taqsimlangan edi.

FIFAning klublar uchun imtiyoz dasturi 2023 yilda FIFA va Yevropa klublar assotsiatsiyasi (ECA) o'rtasida imzolangan yangilangan hamkorlik memorandumining bir qismi hisoblanadi.

Ma'lumot o'rnida, 2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada 11 iyundan 19 iyulgacha o'tkaziladi. Turnirda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting