locale OZ

FIFA jahon chempionati chiptalarini sotishni boshladi

Turnirda dinamik narx belgilash tizimi qo‘llanilishi sababli chiptalar narxi o‘zgarishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA jahon chempionati chiptalarini sotishni boshladi
ФОТО: Getty images

FIFA kelasi yozda AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati chiptalarini sotishni boshladi.

FIFA rasmiy sayti xabariga koʻra, ilk chiptalar xaridorlari lotereya orqali tanlab olingan daʼvogarlar boʻladi. Lotereya gʻoliblari elektron pochta orqali allaqachon yoki yaqin kunlarda xabardor qilinadi.

Guruh bosqichi bahslarida eng qimmat chiptalar (AQSH milliy jamoasi ishtirokidagi oʻyinlardan tashqari) Inglewood, San-Fransisko va Nyu-Jersidagi stadionlarda sotilishi belgilangan.

1-kategoriya: 410 — 620 dollar;

2-kategoriya: 310 — 465 dollar;

3-kategoriya: 140 — 215 dollar;

4-kategoriya: 60 — 105 dollar.

Jahon chempionati finali Nyu-Jersida boʻlib oʻtadi va chiptalar narxi quyidagicha:

1-kategoriya: 6730 dollar;

2-kategoriya: 4210 dollar;

3-kategoriya: 2790 dollar;

4-kategoriya: 2030 dollar.

Jahon chempionati finali uchun eng qimmat chiptalar 6000 dollardan qimmatroq boʻladi.

Shu bilan birga, turnirda dinamik narx belgilash tizimi qoʻllanilishi sababli chiptalar narxi oʻzgarishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting