locale OZ

FIFA Infantinoning yo'qotilgan obro‘sini qaytarish uchun 2,5 mln yevrodan ortiq mablag' sarflaydi

Mazkur xabar Infantino atrofidagi tanqidlar kuchaygan bir paytda paydo bo‘ldi.
FIFA Infantinoning yo'qotilgan obro‘sini qaytarish uchun 2,5 mln yevrodan ortiq mablag' sarflaydi
Foto: Getty Images

FIFA tashkilot prezidenti Janni Infantino va federatsiya imijini yaxshilash maqsadida katta miqdorda mablag‘ ajratgan. The Times ma’lumotiga ko‘ra, FIFA Britaniyaning Ten Toes Media agentligi bilan 22 oylik shartnoma tuzgan bo‘lib, kelishuv qiymati 2,3 million funt sterlingni, ya’ni 2,5 million yevrodan ortiq mablag‘ni tashkil etadi.

Shartnoma 2025-yil mart oyida kuchga kirgan va 2026-yil dekabriga qadar amal qiladi. Agentlik FIFA'ning LinkedIn, Instagram, Facebook va X kabi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan ishlaydi. Hujjatlarda kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri sifatida “FIFA va prezident Janni Infantino imijini himoya qilish”, tashkilotning internetdagi faolligini oshirish hamda kontentga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirish ko‘rsatilgan.

Mazkur xabar Infantino atrofidagi tanqidlar kuchaygan bir paytda paydo bo‘ldi. FIFA rahbari so‘nggi vaqtlarda Jahon chempionati va boshqa yirik musobaqalarning tijoriy huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish rejalari sabab keskin tanqidga uchragan. UEFA esa bu masala yuzasidan Infantinoga qarshi mustaqil tergov o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, FIFA prezidentligi uchun navbatdagi saylov 2027-yil 18-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Infantino 2016-yildan buyon tashkilotga rahbarlik qilib kelmoqda va navbatdagi saylovda yana prezidentlik uchun kurashishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting