locale OZ

FIFA Gaiti terma jamoasidan forma dizaynini oʻzgartirishni talab qildi

Qayd etilishicha, terma jamoa libosida harbiy sahifa tasvirlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA Gaiti terma jamoasidan forma dizaynini oʻzgartirishni talab qildi
FOTO: Getty Images

Gaiti milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk oʻyiniga sanoqli kunlar qolganda oʻz formasi dizaynini oʻzgartirishga majbur boʻldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Qayd etilishicha, terma jamoa libosida harbiy sahifa tasvirlangani FIFA qoidalariga toʻgʻri kelmagan.

Musobaqa oldidan oʻtkazilgan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida foydalanilgan libosda Gaiti mustaqilligini taʼminlagan 1803-yilgi Vertyere jangi illustratsiyasi hamda mamlakat bayrogʻi aks etgan. Biroq xalqaro federatsiya reglamentiga koʻra, sport ekipirovkalarida har qanday «siyosiy, diniy yoki shaxsiy xabar va shiorlar» joylashtirilishi qatʼiyan taqiqlanadi.

FIFA ushbu vizual elementlar tashkilotning ekipirovka boʻyicha qoidalariga zid ravishda turlicha talqin qilinishi mumkin deb hisobladi va yakunda dizaynga oʻzgartirish kiritishni talab qildi.

Maʼlumot uchun, Gaiti boʻlajak Jahon chempionatidagi ilk oʻyinini 14-iyun kuni Shotlandiyaga qarshi oʻtkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting