locale OZ

FIFA futbol uchrashuvlaridagi irqchilik uchun jazoni kuchaytirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) intizomiy kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirishlarni tasdiqladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, irqchilikka oid haqoratlar uchun eng yuqori jarima miqdori 5 million shveytsariya frankini (taxminan 6 million AQSH dollari) tashkil etadi.

Shuningdek, hakamlarga uchrashuv paytida tribunada irqchilik holatlari kuzatilsa, o‘yinni to‘xtatish yoki muddatidan oldin yakunlash huquqi berildi. Futbolchilar esa bunday holatlarda qoida buzganlarni aniqlashda shaxsan yordam berishlari mumkin — bu orqali xavfsizlik xodimlari ularni stadiondan chiqarib yuborish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting