locale OZ

FIFA Folarin Balogunni jarimaga tortdi, biroq uning diskvalifikatsiyasini bekor qildi

Ushbu jarimaning yarmini AQSh futbol federatsiyasi toʻlab beradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA Folarin Balogunni jarimaga tortdi, biroq uning diskvalifikatsiyasini bekor qildi
FOTO: Getty Images

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) hujumchi Folarin Balogunni Jahon chempionati 2026-yilgi mavsumining 1/16 finalidan oʻrin olgan Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvda (2:0) olgan qizil kartochkasi uchun 40 ming dollar miqdorida jarimaga tortdi, deya xabar bermoqda jurnalist Rob Xarris oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Ushbu summaning yarmini AQSh futbol federatsiyasi toʻlab beradi.

FIFA hujumchining diskvalifikatsiyasini vaqtincha toʻxtatib turdi, bu esa futbolchiga 7-iyul kuni Belgiya milliy terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadigan JCh-2026 1/8 final uchrashuvida maydonga tushish imkonini beradi. AQSh Prezidenti Donald Tramp bunday qaror uchun tashkilotga minnatdorchilik bildirdi. Belgiya terma jamoasining apellyatsiyasi esa rad etildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting