FIFA «Finalissima—2026» sanasiga oʻzgartirish kiritdi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) «Finalissima» uchrashuvining dastlabki sanasiga oʻzgartirish kiritdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, musobaqa 2026 yilning 28 martidan 27 martiga koʻchirildi.
Eslatib oʻtamiz, Finalissima — bu Yevropa chempioni (Ispaniya) va Janubiy Amerika Kubogi gʻolibi (Argentina) oʻrtasidagi bitta final oʻyinidan iborat turnirdir.
Qayd etilishicha, bellashuv Qatardagi «Lusayl» stadionida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. FIFA bu uchrashuvni «katta final» muhitida tashkil etishni maqsad qilgan.
Shu bilan birga, turnir oʻtkazilishi Ispaniya milliy jamoasining JCh-2026ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma olishiga ham bogʻliq boʻladi. Agar «qizil furiya» saralash bosqichida pley-off oʻyinlarida ishtirok etadigan boʻlsa, «Finalissima» bekor qilinadi.