locale OZ

FIFA Erondagi siyosiy vaziyat fonida JCh-2026 haqida gapirdi

Bu galgi mundial AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA Erondagi siyosiy vaziyat fonida JCh-2026 haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

FIFA bosh kotibi Mattias Grafstryom mintaqadagi keskin harbiy vaziyat fonida 2026 yilgi jahon chempionati xavfsizligi borasidagi savollarga javob berdi.

«Men ham bugun ertalab Eron haqidagi xabarlarni siz kabi o‘qib chiqdim. Bugun bizda maxsus uchrashuv bo‘lib o‘tdi, hozircha batafsil izoh berishga erta, biroq biz dunyodagi barcha masalalar bo‘yicha voqealar rivojini kuzatib boramiz. Vashingtonda barcha jamoalar ishtirokida final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi va endilikda bizning asosiy vazifamiz — barcha jamoalar ishtirokida Jahon chempionatini xavfsiz o‘tkazishni ta’minlashdan iborat. Biz qabul qiluvchi uchta davlat hukumatlari bilan doimgidek muntazam aloqada bo‘lishni davom ettiramiz», — deya Grafstryomning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.

Ma’lumot o‘rnida, 2026 yilgi Jahon chempionati joriy yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting