FIFA ayollar futboli murabbiylar shtabi bo‘yicha yangi talablarni joriy etadi
Tashkilot futbol sohasida tang ayol mutaxassislarning yetishib chiqishi sur'atini qoniqarsiz deb hisoblamoqda.
FOTO: Getty Images
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kengashi o‘z shafeligida o‘tkaziladigan ayollar jamoalari uchun yangi qoidani joriy qilmoqda. Unga ko‘ra, har bir jamoaning murabbiylar shtabida kamida ikki nafar ayol mutaxassis bo‘lishi shart. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Yangi talablarga ko‘ra, ushbu ikki ayol mutaxassisning kamida biri bosh murabbiy yoki yordamchi murabbiy lavozimini egallashi lozim.
Manbaning ta’kidlashicha, ushbu qoidalar quyidagi musobaqalarda kuchga kiradi:
- Qizlar o‘rtasidagi U17 va U20 jahon chempionatlari;
- 2026-yilgi Chempionlar kubogi.
Shuningdek, FIFA futbol sohasida yangi ayol mutaxassislarning yetishib chiqish sur’atini qoniqarsiz deb hisoblamoqda va mazkur qaror orqali ushbu jarayonni jadallashtirishni maqsad qilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist