locale OZ

FIFA ayol hakamlar seminarida Ravshan Irmatov hakamlar bilan uchrashdi

Hakamlar akademiyasi tinglovchilari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi ham ishtirok etdi.
FIFA ayol hakamlar seminarida Ravshan Irmatov hakamlar bilan uchrashdi
photo: UFA

Milliy futbol markazida davom etayotgan FIFA ayol hakamlar seminari hamda Hakamlar akademiyasining 5-moduli doirasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hakamlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlar davomida ayol hakamlarning malakasini oshirish, zamonaviy hakamlik standartlarini joriy etish, shuningdek, yosh hakamlarning kasbiy tayyorgarligini yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Hakamlar akademiyasi tinglovchilari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi ham ishtirok etdi. Tajribali hakamlar o‘z faoliyatlari davomida orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashib, maydondagi murakkab vaziyatlarni baholash, to‘g‘ri qaror qabul qilish va uchrashuvni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Muloqot yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, hakamlik faoliyatining muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting