FIFA Argentina futbolchilarining finaldan keyingi harakatlarini tekshirmoqda
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati finalidan keyin Argentina terma jamoasi vakillari ishtirokida yuz bergan voqealar bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib, “Championat” xabar berdi.
Ispaniyaga qarshi final uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng maydonda futbolchilar o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Xabarga ko‘ra, argentinalik himoyachi Nauel Molina yonidan o‘tib ketayotgan Ispaniya sardori Rodrining ko‘krak qismiga qo‘li bilan urgan. Shundan so‘ng ikki futbolchi o‘rtasida tortishuv boshlangan va unga boshqa o‘yinchilar ham qo‘shilgan.
Leandro Paredes avval Erik Garsiyani bo‘ynidan ushlagan, keyin esa jamoadoshini himoya qilishga uringan Gavining ustiga tashlangan. Shuningdek, Argentina murabbiylar shtabi a’zosi Roberto Ayala Dani Olmo bilan tortishib, uning yuziga urganlikda aytilmoqda.
FIFA ushbu epizodlarni alohida o‘rganib chiqishi va Argentina terma jamoasi vakillariga nisbatan intizomiy choralar qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Argentina Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.