locale OZ

FIFA AQSHning «MetLife Stadium» stadionida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 final uchrashuvi uchun chiptalar narxini oshirdi

Yangi narxlar turnirda ishtirok etadigan barcha 48 ta jamoa nomi ma’lum bo‘lganidan keyin e’lon qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA AQSHning «MetLife Stadium» stadionida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 final uchrashuvi uchun chiptalar narxini oshirdi
photo: Google

FIFA AQSHning «MetLife Stadium» stadionida bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 final uchrashuvi uchun chiptalar narxini oshirdi.

Yangi narxlar turnirda ishtirok etadigan barcha 48 ta jamoa nomi ma’lum bo‘lganidan keyin e’lon qilindi.

Final uchun yangilangan narxlar:

Eng qimmat chiptalar: 10 990 dollar (ilgari 8 680 dollar edi, o‘sish — 26,6%).
Ikkinchi toifa: 7 380 dollar (ilgari 5 575 dollar edi, o‘sish — 32,4%).
Uchinchi toifa: 5 785 dollar (ilgari 4 185 dollar edi, o‘sish — 38,2%).

Qayd etilishicha, FIFA AQSHning 11 ta, Meksikaning 3 ta va Kanadaning 2 ta shahrida bo‘lib o‘tadigan turnir uchun dinamik narx belgilash tizimidan foydalanmoqda.

Shuningdek, chorshanba kuni JCH chiptalarining onlayn savdosida texnik uzilishlar kuzatilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting