locale OZ

FIFA «Andijon» klubiga nisbatan transfer taqiqi joriy etdi

FIFA qaroriga ko‘ra, "Andijon" "Lachi" klubi oldidagi moliyaviy majburiyatini 45 kun ichida bajarishi lozim edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA «Andijon» klubiga nisbatan transfer taqiqi joriy etdi
Фото: Андижон ПФК

Tashkilotning Assotsiatsiyaga yuborgan xatida "Andijon" futbol klubi Albaniyaning "Lachi" klubi oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmagani ko‘rsatilgan.

FIFA qaroriga ko‘ra, "Andijon" "Lachi" klubi oldidagi moliyaviy majburiyatini 45 kun ichida bajarishi lozim edi. Biroq dedlayn sifatida belgilangan 10 iyun sanasiga qadar ham mazkur ish amalga oshmagan. Shundan kelib chiqib, klubga nisbatan mazkur ish yopilmaguniga qadar ketma-ket uch transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq e'lon qilingan.

Endilikda "Andijon" har qanday holatda ham Altin Kreziu transferi ortidan yuzaga kelgan holat bo‘yicha hisob-kitob qilishga majbur. Mazkur ish amalga oshgach, klub bu haqda FIFAni xabardor qiladi va keyinchalik "Lachi" ham buni tasdiqlasa, FIFA transfer taqiqini olib tashlaydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting