locale OZ

FIFA «An-Nasr» klubiga taqiq qo'ydi

Qarzini to'lash muddati 31 avgustda tugagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIFA «An-Nasr» klubiga taqiq qo'ydi
ФОТО: Getty images

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubiga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqladi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.

Mundo Deportivo nashrining ma'lum qilishicha, ushbu transfer taqiqi "Al-Nasr"ga markaziy himoyachi Emerik Laportning 2023-yildagi transferi tufayli "Manchester City" oldidagi qarzi sababli qo'yilgan bo'lishi mumkin. Saudiya klubi "shaharliklar"ga taxminan 9 mln yevro to'lamagani qayd etilgan.

Qarzini to'lash muddati 31 avgustda tugagan. O'tgan kuzda Laport "Al-Nasr"dan Bilbaoning "Atletik" jamoasiga o'tgan edi.

Eslatib o'tamiz, saudiya klubi safida besh karra "Oltin to'p" sohibiga aylangan Krishtianu Ronaldu to'p surmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting