FIFA 2027-yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining qit’alararo pley-off bosqichi dastlabki raundiga qur’a tashlash marosimi sanasini aytdi
FIFA 2027-yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatining qit’alararo pley-off bosqichi dastlabki raundiga qur’a tashlash marosimi sanasini e’lon qildi.
Qur’a 20-avgust kuni Shveysariyaning Tsyurix shahrida o‘tkaziladi. Marosim mahalliy vaqt bilan soat 14:00, Toshkent vaqti bilan esa 17:00 da boshlanadi.
Dastlabki bosqichda O‘zbekiston, Papua-Yangi Gvineya, Ekvador, Janubiy Afrika, Gana va Xitoy Taypeyi terma jamoalari ishtirok etadi. Ular qur’a natijasiga ko‘ra ikki guruhga ajratiladi.
Reglamentga ko‘ra, bir konfederatsiya vakillari ushbu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelmaydi. Shu sababli O‘zbekiston Xitoy Taypeyiga qarshi bir guruhdan joy olmaydi. Demak, vakillarimiz qolgan to‘rtta ehtimoliy raqib — Papua-Yangi Gvineya, Ekvador, Janubiy Afrika va Gana terma jamoalaridan uchtasi bilan bir guruhga tushadi.
Mazkur bosqich 2027-yil Braziliyada bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurashning muhim qismi hisoblanadi.