FIFA 2026-yilgi Jahon chempionatidan rekord daromad oldi
2026-yilgi Jahon chempionati FIFA tarixidagi eng daromadli turnirga aylandi. Tashkilot prezidenti Janni Infantino ma'lum qilishicha, 2023–2026-yillarni qamrab olgan moliyaviy sikl yakunida FIFA daromadi 15 milliard dollardan oshadi. Bu tashkilot tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Dastlab FIFA ushbu davr uchun 11 milliard dollar atrofida daromad kutgan edi. Biroq Jahon chempionatiga bo‘lgan ulkan qiziqish, rekord darajadagi chipta va VIP-paketlar savdosi, shuningdek tijoriy hamkorliklar tufayli yakuniy tushum kutilganidan ancha yuqori bo‘ldi.
Infantinoning ta'kidlashicha, qo‘shimcha daromad FIFAning 211 ta milliy assotsiatsiyasiga ajratiladigan investitsiyalarni oshirish va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Shu tariqa, AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilgan 2026-yilgi mundial nafaqat sport, balki moliyaviy natijalar bo‘yicha ham tarixga kirdi. Turnir FIFA uchun yangi iqtisodiy rekord o‘rnatib, tashkilotning tijoriy salohiyati misli ko‘rilmagan darajada oshganini namoyish etdi.