FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati uchun rasmiy to'p va maskotlarni taqdim etdi (foto)
Turnir 2026 yilning 11 iyun sanasida boshlanib, 19 iyulgacha davom etadi.
ФОТО: Getty images
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilgi Jahon chempionati uchun rasmiy to'pni namoyish etdi.
To'p dizaynida qizil, ko'k va yashil ranglar ishlatilgan bo'lib, ular musobaqa mezbonlari hisoblangan uch mamlakatni ramziy ifodalaydi. To'pning nomi — “TRIONDA”.
Ma'lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionatida jami 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. Ular 12 ta guruhga bo'linib, har birida 4 ta jamoa bo'ladi. Turnir 2026 yilning 11 iyun sanasida boshlanib, 19 iyulgacha davom etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi ham tarixda ilk marta Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqdi.