FIFA: 2025 yil yozida rekord darajadagi transferlar amalga oshirildi
ФОТО: Getty images
2025 yil yozida ayollar va erkaklar futbolida rekord darajadagi transferlar amalga oshirildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaga ko'ra, erkaklar futbolida 1 iyundan 2 sentyabrgacha bo'lgan davrda 12 mingga yaqin, ayollar futbolida esa 1100 dan ortiq o'tish amalga oshirilgan.
Transfer xarajatlari 9,76 milliard dollargacha oshdi – bu yozgi transfer oynasi tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichdir. Bu summa 2024 yilning shu davriga nisbatan 50% ga ko'paygan.
Xarajatlar bo'yicha birinchi o'rinni Angliya egalladi – 3 milliard dollardan ortiq mablag'. "Liverpul" bir transfer oynasida yangi futbolchilarni xarid qilish uchun sarflangan mablag' bo'yicha rekord o'rnatdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist