Fidjital sport oʻyinlari boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining respublika bosqichi boʻlib oʻtmoqda
Bellashuvlarda sportchilar musobaqa dasturidan oʻrin egallagan “Just dance” va “ Lazertag” boʻyicha bellashadi.
photo: sport vazirligi
Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning fidjital turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining respublika bosqichi bahslari oʻtkazilmoqda.
Musobaqaning dastlabki kunlarida sportning fidjital futbol (FIFA 24 Futbol 5x5) va fidjital basketbol ( 3x3 EA) yoʻnalishlarida bahslar oʻz yakuniga yetdi.
Joriy yilning 14-noyabriga qadar davom etadigan bellashuvlarda sportchilar musobaqa dasturidan oʻrin egallagan “Just dance” va “ Lazertag” boʻyicha bellashadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor