locale OZ

FIA Bosh Assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Unda mazkur yirik tadbirga tayyorgarlik jarayonlari batafsil ko‘rib chiqildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FIA Bosh Assambleyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Фото: МОҚ

Ma’lumki, joriy yil dekabr oyida Markaziy Osiyo tarixida ilk bor poytaxtimizda FIA — Xalqaro Avtomobil Federatsiyasi Bosh Assambleyasi hamda nufuzli FIA Awards taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Qo‘mita rahbariyati hamda mamlakat Avtosport va karting milliy federatsiyasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur yirik tadbirga tayyorgarlik jarayonlari batafsil ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida MOQ rahbariyati tomonidan bir qator aniq vazifalar belgilab berildi. Jumladan, tadbirni yuqori saviyada tashkil etish, nufuzli xorijiy delegatsiyalarni kutib olish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, xavfsizlik va mehmonlar qulayligini ta’minlash, shuningdek, mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Alohida e’tibor logistika masalalari, volontyorlar faoliyati, ishtirokchilarni axborot bilan ta’minlash ishlari hamda ular uchun madaniy dastur shakllantirishga qaratildi. Bunday yuqori maqomga ega tadbirni o‘tkazish barcha tuzilmalar tomonidan maksimal uyg‘unlik va yuqori mas’uliyatni talab qilishi rasmiylar tomonidan ta’kidlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting